Juma namozi vaqti
Assalomu alaykum! Hozirda musofirchilikdaman. Bu erda juma namozi masjidlar kamligi va odamlarga qulaylik maqsadida 2 marta o‘qiladi. Bitta imom xutba qilib juma namozini tugatgandan keyin boshqa imom kelib qolganlar bilan juma namozi o‘qiydi. Qish kunlarida 12:30 larda peshin vaqti kirar juma vaqtlari esa 12:45 va 1:45 da o‘qilardi. Hozirda soat yozgi vaqtga 1 soat oldinga surilgani sababli peshin 1:30 larda kiryapti, lekin juma vaqtlari oldingiday qoldirilgan. Shunda birinchi juma o‘qilgan vaqt hali peshin kirmagan bo‘ladi. Ko‘plab xanafiy mazhabida bo‘lgan tanishlarim ham birinchi o‘qiladigan juma vaqtida o‘qishyapti. Shu to‘g‘ri bo‘ladimi? Ular jumani ado qilishgan bo‘lishadimi? Juma vaqti haqida oyat va hadislardan ko‘proq ma’lumot bersangiz tanishlarimning hammalariga yuborardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha ular o‘qiyotgan vaqtda quyosh tikkadan og‘gan bo‘ladimi? Shunday bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha ular o‘qiyotgan vaqtda quyosh tikkadan og‘gan bo‘ladimi? Shunday bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar