Valiy kim bo‘ladi
Assalomu alaykum! Bir qizga uylanmoqchiman u qizni onasi otasidan ajrashgan va onasi bilan bir o‘zi yashaydi va uni balog‘atga etgan ukasi bor. U qizning valiysi kim bo‘ladi uning otasimi yoki ukasi. Valiysiz nikoh qilishning hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabi ulamolari boshqa mazhablardan farqli o‘laroq, «Nikohning to‘g‘ri bo‘lishi uchun valiy bo‘lishi shart emas», deydilar. Valiyning shartligi haqidagi hadisni esa «Bu gap komil nikoh haqida. Ya’ni valiy bo‘lmasa, komil nikoh bo‘lmaydi, deganidir», deyishadi. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ: «لَا نِكَاحَ إِلَّا بِوَلِيٍّ وَشَاهِدَيْ عَدْلٍ». رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Valiysiz va ikki odil guvohsiz nikoh yo‘qdir», dedilar».
Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.
Valiy Hanafiy mazhabida nikohning shart va ruknlaridan biri bo‘lmasa ham, boshqa mazhablar uni nikohning ruknlaridan biri deganlar.
Odatda, ota yoki uning o‘rniga qolgan shaxs valiy bo‘ladi. Valiylar tartibi – ota yo‘q bo‘lsa, bobo, tug‘ishgan aka-uka, ota bir aka-uka, ona bir aka-uka, amaki bo‘lib ketaveradi.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, odam tanlashni bilmaydigan, aldanib qoladigan kishi ham valiy bo‘lmaydi.
Valiy nikohda o‘zining o‘rniga vakil tayin qilishi joizdir. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 313 | Boshqa ibodatlar