Folbinga borsa

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 5 yilga qarab ketdi to‘yimizdan keyin deyarli 1 yilcha farzand talabida yurdik erimni do‘stlari tarafidan bizga ko‘p marotaba bir ayolni taklif qilishdi oldin tabibga bormiman deb bormadim keyin tabibmas giyohlardan tayyorlangan damlama bilan davolashini aytishdi keyin bordim ayol kishi edi erimni qaramasdi faqat ayollar bilan ishlardi oldin yotqizib hamma a’zolarini bosib ko‘rardi keyin damlama tampon berdi ammo qalbimda shubha bor edi Allohdan gunohdan panoh so‘rab boraverardim shubhalanishimga sabab erimni ko‘ylagini so‘rardi oborsam dam solib berib erimdagi kasalliklar haqida aytardi ko‘p kekirardi esnardi lekin shu ayolga borganimdan keyingi oyda Alloh bizga farzand berdi hanuzgacha u ayolni folbin bo‘lmasin deb Allohdan so‘rayman folbinga borsa dindan chiqadi er xotin orasiga tayoq tushadi degan xadisni o‘qib yuragimga g‘ashlik tushdi menga bir yo‘l ko‘rsating Allohdan omonlik so‘rayman oramizda taloq tushmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning haqiqatda folbin yoki folbin emasligi sizga ma’lum emas ekan. Uning oldiga borishdan maqsadingiz esa shifo vositalarini izlash bo‘lgan. U folbin bo‘lib chiqqan taqdirda ham “farzand berish uning qo‘lida” yoki “u g‘aybni biladi” degan e’tiqodda bormaganingiz uchun sizlarni dindan chiqqan deb bo‘lmaydi. Tabib bor ekan desa chopib ketavermasdan avvalo uning kim ekanini yaxshilab surishtirish kerak. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 20:27 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar