Mushaf sotib olishda savdolashilmaydimi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Shayx Hazratlari(rohmatullohi alayhi)ning «Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi» kitobini olmoqchi edim, viloyatdagi qarindoshlarim juda iltimos qilishgandi. Nashriyotda kitoblarning barchasi sotilib ketibdi Alhamdulillah. Hozir Chorsudagi do‘konlarda 190mingdan kamiga topolmayapman. Savolim: Qur’oni Karim mushafi va unga bog‘liq tafsir kitoblarni sotib olayotganda savdolashilmaydimi? Ya’ni sotuvchi qo‘ygan narxda olinadimi? Javobingiz uchun ming rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savdolashiladi. Savdolashilmaydi degan gap og‘ziga siqqanini aytib, xaridorni ovozini o‘chirishni yo‘lini qilgan kazzoblarning gaplaridir. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 164 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar