4 rak’atlik namoz

Assalomu ’alaykum! Xayol chalg‘ib 4 rak’atlik sunnat namozining avvalgi ikki rak’atida zam sura ӯqilsayu keyingi ikki rak’atida esdan chiqib qolsa ӯqilgan namozning hukmi qanday bӯladi va agar bu narsa namozni tugatmasdan namozni oxirida qa’dada ӯtirganda esga kelib qolsa saҷdai sahv qilinadimi. Yo ki 4 rak’atlik farz namozining 3 va 4-rak’atida ham zam sura ӯqilsa hukmi qanday bӯladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 4 rakaatlik sunnat namozning har bir rakaatida zam sura o‘qish vojib. Uni unutib tark qilsa namoz oxirida sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Uni ham qilmasa namozning vaqti chiqib ketishidan avval uni qayta o‘qiydi. Vaqti chiqib ketgach qayta o‘qimaydi. 4 rakaatlik farz namozining 3-4-rakaatlarida zam sura o‘qilmaydi. Ammo adashib zam sura o‘qisa sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

18 Avgust 2023, 06:56 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar