Allohning muborak ismlari

Assalomu alaykum! Ilmsizligimdan uyalmoqdaman. Menda 1 savol tug‘ildi. Ma’lum bir manbaalarda Alloh azza va jallaning muborak 99 ta ismlari ichida Al-Ahad ismi bor , Al-Majid ismi 1ta keltirilgan. Boshqa bir manbaalarda Al - Ahad ismi yo‘q, Al-Majid ismi 2 marotaba keltirilgan . Al-Majid ismi arab tilida 2 xil o‘qiladi va manosi 2 xil berilgan ekan. Meni o‘ylantirgan xolat mana shu . Shu xolatga izoh bersangizlar. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin. Ilmimizni Ziyoda etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taoloning go‘zal ismlari 99 taga chegaralanmagan. Al-Ahad, Al-Maajid va Al-Majiyd U zotning go‘zal ismlaridandir. Roviylarning ixtilofi tufayli hadisi shariflarda ayrimlarining o‘rniga boshqalari zikr qilingan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar