Sherigimizning zakoti

Assalomu alaykum! Biz 3 kishi sheriklikda do‘kon sotib olgandik. 30000$ga. (har birimiz 10.000$ dan pul berganmiz) 3 yil ishladik, lekin oxirgi yillari 1 sherigimiz ichkilikka berilib ketti, qancha gapirsak ham to‘g‘irlanmadi. Oxiri ishga ham kelmay qo‘ydi. Lekin biz 2 kishi ishlayapmiz 1 yildan oshdi. U sherigimiz bilan hali lekin do‘kon uchun bergan 10.000$ puling bafurcha gaplashib kelishib olmadik. Menimcha endi u ishlamasa kerak. Shunda men va 2-sherigim zakot berayotganda 3-sherigimizga beradigan 10.000$, bizning bo‘ynimizda qarz bo‘lib Zakot summasidan ayiriladimi yoki uning (10.000$) aloqasi yo‘qmi? Shuni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar hozirgi kunda o‘rtada har bir kishining ulushi qancha ekanligini aniq qilib olishlaringiz kerak. Ish boshlagandagi tikilgan pul e’tiborli emas, aynan zakot chiqaradigan kuningizdagi molingizni hisoblaysiz. Har kim o‘zining hissasidan chiqaradi, birovnikidan boshqasi chiqarmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 165 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar