xadisga oydinlik

Assalomu alaykum! Xammamiz eshtgan bir xadis bor. "Jannatga 70mingta odam savol javobsiz kirish" xakida. Bugun feysbukda bir narsani ukib koldim. Juda xursand bulib ketdim. "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Ummatimdan etmish ming kishi hisob qilinmasdan jannatga kirishi berildim. Ularning yuzlari badr (oy to‘lgan) kechadagi oydek va qalblari bir odamning qalbidek bo‘ladi. Men Rabbim azza va jalladan yana qo‘shishini so‘radim. U menga har birlari bilan etmish mingta qo‘shib berdi". Bu hadisi sharifni imom Ahmad "Musnad"larida rivoyat qilganlar. Men hisoblagichni olib etmish mingni etmish mingga ko‘paytirdim. 4900000000 (to‘rt milliard to‘qqiz yuz million) chiqdi. Ey karami keng Zot, rasuling sollallohu alayhi va sallamning bir so‘rovlariga etmish ming barobar qo‘shib berding. Biz ham o‘zimizning holimizdan kelib chiqib o‘tinamiz, bizni o‘sha to‘rt millard to‘qqiz yuz milliondan bittasi qilgin! Yo Robb, bizni hisob berishga majolimiz yo‘q.." shunga oydinlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. Alloh taolo O‘z fazl-karam darvozalarini bizga ochib qo‘ygan. Bizning zimmamizda o‘sha darvozaga intilishgina qolgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 191 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar