Kanalga video qo‘yish
Assalamu alaykum! Men blogerman. Kanalimda har hil malumotlarni yoritib boraman. Islom diniga yaqin bo‘lganim sababli videolarimda Islom dinida taqiqlangan narsani aralashtirmaslikka qattiq harakat qilaman. Kecha arab kanalidan masjidlarda o‘g‘irlik tasvirlangan video ko‘rdim. O‘zbekcha nom bilan o‘sha videoni kanalimga yuklamoqchidim. Menda gumon paydo bo‘ldi, bu ishim harom emasmikin deb. O‘zimizning yangilik saytlar ham chiqargan ekan shunday videolardan, baribir bu gumonimni yo‘qotolmadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonlarni qoralaydigan videolarni qo‘ymang. Bir narsani yodda tuting, sizni qo‘ygan videolaringiz orqali odamlar yaxshilikka intilishsin. Islom va musulmonlardan ko‘ngilni sovutadigan birorta ham ish qilmang. Din dushmanlari u ishlarni a’lo darajada bajarishmoqda. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 150 | Mediya