Shu xadis saxixmi

Assalomu alaykum!. Man teligram kanallaridan birida kelgan bitta xadisni ukib koldim. U xadisga amal kilishim uchun u xadisni saxixligini topolmayabman. U xadis shunday, "Paygambarimiz suyuklik kizlari Fotimai Zaxroni turmushga berib, uni xazrati Ali xonadonlariga kuzatib ketaetganlarida bunday nasixat kilganlar. Kizim xamisha uzingni ozoda tut, Robbingni zikr kil va vujudingni suv bilan pokla. Ering senga bokkanida xursand bulsin. Kuzlaringa surma kuy chunki u ayollarga ziynatdir. Boshingga zaytun moyidan surt, chunki zaytun moyi surtgan ayolga shayton yakinlashmaydi. Ey Fotima ering senga bokkanida kuzlaringni yumma, toki muxabbating kuchaysin. Ering boshka tarafga karagan paytda uning yuziga bok, bu bilan bir oy ruza tutganlik savobini olasan. Ey Fotima eringni kamchiliklarini, aybini birovga aytma, bunday kilsang, Allohning, paygambarini, farishtalarning va eringning nafratiga uchraysan. Sen uy yumushlarini bajar, ering esa uydan tashkaridagi ishlarni kilsin. Ey Fotima bu ugitlardi menga Jabroil suzladi, Deganlar. Ustoz bu xadisning barcha suzlari saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis borligini bilmaymiz. To‘qimaligi aniq. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 162 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar