Qoramol so‘yishda gapirish

Assalomu alaykum! Qassob qoramol so‘yar vaqti shunday holat bo‘ldiki qoramol egasi qo‘ng‘iroq qilib qolgan edi, u (qassob) tasmiya aytdi lekin oxirgi aytgan gapi "mana so‘yyabman"(shunga o‘xshash gap edi, Vallohu a’lam) degani bo‘ldi va pichoq tortdi. So‘ygandan so‘ng qassobdan oxirgi aytgan gapi haqida so‘radim. U tasmiya aytib so‘yganini aytdi, man o‘zimga balki eshitmagandurman dedim, chunki qassobning ortida edim. O‘sha go‘shtni hukmi qanday bo‘ldi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bismillah bilan so‘yish orasida mana so‘yyapman degan qo‘shilgan bo‘lsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar