Firmadagi otkad
Assalomu alaykum! Firmada savdo xodimi bo‘lib ishlayman. Biz korxonalar firmalar tashkilotlarga zarur mollar, qurilish mollari sotish bilan shug‘ullanamiz. Pul o‘tkazish yo‘li (perechisleniya)ga sotamiz. Masalan bizda 1 kg boltni narxi 28000 so‘m sotilyayotgan bo‘lsa ba’zi xaridorlar kelib 30000 so‘m yoki 32000 so‘mga soting deydi. Buni sababi u xaridor o‘zini shaxsiy puliga emas o‘zi ishlayotgan korxonasini puliga tovar sotib oladi. Uni vazifasi taminotchilik, ya’ni korxonaga zarur maxsulotlarni topib, shartnoma tuzib kelishi kerak. Gap shundaki masalan 28000 so‘mga sotayotgan narsamizni 30000 qilib shartnoma tuzsak, korxona bizga shu narxda pul to‘laydi va tovarni olib ketishadi. Keyin boyagi taminotchi kelib bizdan 2000 so‘mni olib ketadi. Ya’ni asli 28000 so‘mlik narsani u taminotchi o‘z korxonasidan 30000ga olyapman deb aytadi va bizga 30000dan pul tushirtiradi va shuni 2000 so‘mini o‘ziga oladi. Biz bunga vositachilik qilsak shu ishning xukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hukmi harom. Bu, harom luqma qon-qonigacha singib birovning haqqidan qo‘rqmaslik, ko‘z-quloq-burun kabi bir a’zosiga aylanganining alomatidir. Buni shariat tilida g‘addorlik, xoinlik deyiladi. Sizlar bu ishga rozi bo‘lsangizlar quyidagi hadisga tushib qolasizlar.
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ka’b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi» deganlar.
Ibn Hibbon rivoyati. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat