Biologiya

Assalomu alaykum! Institutda biologiya yo‘nalishida o‘qiyman. O‘qishni bitirganimizdan so‘ng maktabda o‘qituvchilik qilamiz. Maktabdagi biologiya darsliklarini 4 tasida kelib chiqish haqida fikrlar bor. Masalan, zoologiya kitobida har bir mavzu oxirida shu mavzudagi hayvon o‘zidan oldingi mavzudagi hayvondan kelib chiqqanligi to‘g‘risida gaplar berilgan. Qolgan kitoblarda ham organizmlar bir-biridan kelib chiqqanligi to‘g‘risida gaplar ko‘p. Hatto inson hayvonlardan kelib chiqqan degan gap va mavzular bor ( astag‘firulloh) . 1- savol : maktab o‘quvchilariga shularni o‘qitishga to‘g‘ri kelsa qanday yo‘l tutamiz? 2- savol: Bilamizki institutga kirishga tayyorlanayotgan abiturientlar ham maktab darsligini o‘qishadi. Uni ustiga abiturientlar maktab biologiya darsliklarini har bir mavzusini yoddan bilishlari kerak. Institutga kirish imtihonlaridagi test savollarida bu hayvon qaysi hayvondan kelib chiqqan, odam ajdodi qaysi yoki odam kimdan kelib chiqqan qaysi javobda berilgan degan savollar tushadi. Agar shu savollar tushsa shularni variantdan belgilasa ( bu hayvon bunisidan , odam bundan kelib chiqqan kabi ) gunohkor bo‘ladimi? 3- savol : Agar darsdan so‘ng repetitorlik qilsam bolalarga savol javoblarda shu mavzularda bu hayvon kimdan kelib chiqqan kabi savollar berishga to‘g‘ri kelib qoladi, shunda men ham gunohkor bo‘lamanmi ? 4- savol: Agar shunday o‘qitishim to‘g‘ri kelib qolsa repetitorlik qilishim joizmi yoki boshqa ish topishim kerakmi ? 5- savol: Repetitorda bolalar pul berib turib o‘qimaydi. Shunday bolalarni qattiqqo‘llik bilan urib o‘qitish joizmi? Tajribada shu ish o‘qimaydigan bolalarga qo‘llaganda foyda bersa urib, baqirib o‘qitish joizmi? 6- savol : Repetitorlikda ko‘pchilik o‘qituvchilar bolalariga imtihonlarga yaqin imtihonda tushadigan testlar deb pulga test olib kelib yashirincha ishlatishadi. Shunday qilgan repetitorlarni juda ko‘p o‘quvchilari institutga kiradi. Bizga o‘xshab halol yo‘l bilan repetitorlik qilmoqchi bo‘lganlar qanday yo‘l tutishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘qing, o‘qituvchilik ham qiling. Asosiy fikrni berib, kitobdagini safsata ekanligini uqtirib qo‘ying. Savollardagi testlarda bemalol shunday deb safsata qilishadi deb yozib qo‘yilaveradi. Kufrni kufrligini izhor qilish uchun naql qilish joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:52 | Savol-javoblar | 191 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar