Ona va ug‘il haqida
Hurmatli Shayh hazratlari, sizga hozirda G‘arbda yashayotgan turli musulmonlarni qiynayotgan savol ila murojaat qilmoqchiman.Ug‘il ma‘lum yoshga etib, uz yurtidan G‘arbga tahsil olgani ketgan. Hozirda tahsilni tugatib, oila qurgan va G‘arbda ish boshlash arafasida. Ug‘ilning tug‘ilib usgan yurtida, onasi, akasi, opasi va qarindoshlari bor. Onaga boshqa ug‘li qarab, ehtiyojlarini qondirib turibdi. Ona G‘arbdagi ug‘lini sog‘ingani va hammalari bir joyda bulishni istaganidan ug‘lini uz yurtiga kelishini qistab, talab qilmoqda. Ug‘il G‘arbdagi imkoniyatlardan foydalanib, dunyoviy ilm bilan birgalikda diniy ta‘lim (Tafsir, Fiqh, Arab tili) ham olmoqda va usha erdagi musulmonlar bilan bir safda mavjud muammolarni hal qilish yulida qizg‘in hissa qushmoqda. Agar ug‘il uz yurtiga qaytadigan bulsa, diniy tahsili va boshqa qilayotgan ishlarini qurbon qilishi kerak. Uz yurtidagi mavjud sharoit bunga yul quymaydi. 1. Yuqoridagi holatda ug‘ilni onasining istaklarini bajo keltirib uz yurtiga qaytishi ihtiyoriymi yoki shartmi? 2. Agar ihtiyoriy bulsa, ug‘ilga nima nasihat qilasiz?Alloh ilmizi ziyoda etib, hayrli ishda umrizi ziyoda etsin!!JazakAlahu khayr,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu o‘ta shaxsiy masala. O‘zlari hal qilishlari kerak.
27 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu o‘ta shaxsiy masala. O‘zlari hal qilishlari kerak.
27 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush