Vaxta tartibidagi mehnat safari

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan qasr namozlari mavzusiga doir savolga bir nechta javob topdim, lekin ma’nosi xar xir bo‘lganligi sababli va xuddi shu savolga aniq javob ko‘p kishiga kerak bo‘lganligi sababli yana bir bor shu savolni berishga to‘xtaldim. Ob’ektda (100km dan ko‘p uzoqlikda) ko‘p namozxon birodarlar ishlaydi. Vaxta ish tartibi 2 xil, 11/4 va 22/8 (11 yoki 22 kun ishda, 4 yoki 8 kun uyda, ya’ni 15 kundan kam va ko‘p), doimiy qatnov ish rejasi asosida. Shu tartibdagi ishxonalarda qay tarzda namoz o‘qish kerak, 11 va 22 kunliklarga aloxida echim bormi? Agar 22 kunlik ishlaydigan ishchilar, biror sababga ko‘ra 15 kundan kam ishlab, orada uyiga borsa, bunday ravishda namozlar qanday ado etiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 11 kun ishda bo‘ladigan kunlarda musofir, 22 kun ishda bo‘ladigan kunlarda muqim bo‘ladi. 22 kunligi aniq bo‘laturib 15 kunda ish chiqib qolib uyiga borsa baribir muqim namozini o‘qiydi. Uyda esa doim muqim bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar