Taksidagi xolat

Assalomu alaykum! Men taksi bilan shug‘ullanmoqchiman gohida yolg‘iz ayol kishi buyurtma qilsa va u ayolni bir manzildan boshqasiga olib borishlikda mashinada yolg‘iz qolishga to‘g‘ri kelib qolsa (yo‘l davomida) qanday yo‘l tutiladi? Ko‘p xolatda buyurtmachi ayol kishi ekanligi chaqirilgan manzilga borganda bilinadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kunduzida gavjum bo‘lgani uchun shahar ichida yolg‘iz ayol kishi taksiga chiqishiga ulamolar ruxsat berganlar. Siz doim Alloh sizni ko‘rib turganini, Alloh sizni eshitib turganini va Alloh sizni guvohingiz ekanligini unutmang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar