Bolaga tarbiya berish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Allohga hamd bo‘lsin meni 3 nafat farzandim bor, kattasi 3-4 yosh oralig‘ida. Farzandimga yoshligidan sunnat amallarni bilganimcha bajartirishga va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga muhabbatli bo‘lishiga harakat qilyapman. Hozirda Payg‘ambarimizga o‘xshab o‘ng tomon bilan yotgin deb o‘ng tomoni bilan yotishni, Payg‘ambarimizga o‘xshab o‘ng qo‘lda ovqatlangin deb, o‘ng qo‘lda ovqatlanishni va kalimai shahodatni o‘rgatdim. Savolim shundan iboratki, aytaylik bolam bir noto‘g‘ri ish qilsa, men unga bunday qilma Payg‘ambarimiz bunday qilmaganlar deb qaytarsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilayapsiz ekan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:09 | Savol-javoblar | 160 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar