Uzr yana taxorat haqida

Assalomu alaykum! Iltimos javob beringlar, bu men uchun juda muhim 1- Men bazida taxorat olayotganimda oyog‘im bermog‘ini tirnog‘i va etini orasiga qotgan yiring toplangan boladi, buni olsam yiring chiqishidan xavotirda, ustidan yuvib taxorat olib ibodat qilaman. Shu holatda taxorat taxorat boladimi? 2- shunda taxorat qilib namoz o‘qib bolganimdan keyin qarasam, yiring suv tekkani uchun erib/yumshab qoladi, shu xolatda erigan yiringni artib tashlab o‘sha erni yuvib qoysam bo‘laveradimi, yoki qayta taxorat olaymi? 3- shu yiringni bazida olib tashlab keyin taxorat qilaman, namoz o‘qib bo‘lib qarasam, yiring chiqib qolgan boladi, shunda taxorat ketgan boladimi? Ming bor uzr birdaniga 3ta savol berdim, xammasi taxorat haqida bolgani uchun bitta bermasam bolmasdi. Alloh xammamizdan rozi bolsin Amin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha erni yuving, namoz o‘qimasdan oldin yumshaydi, artib suv tekazib oling, keyin namoz o‘qing. Oqadigan darajada yiring chiqmasa tahorat ketmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar