Ziyorat qilishda niyat bildirish

Assalomu alaykum! Biror bir ziyoratgoxga borib ziyorat qilinsa va u ziyoratni amalga oshirishdan maqsad shaxsiy bir ixtiyoji yuzasidan bo‘lsa, ziyoratgoxda mushkulidan xosil bo‘lish uchun yoki nimanidur niyat qilsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo bo‘lmaydi. Xalqimiz haligacha bir haqiqatni aslo tushunolmaydi. Masalan: bir korxonani boshlig‘i bor, hamma ishni uni roziligi va ixtiyori bilan bajariladi. Endi boshliqqa ehtiyoji bor tashqaridan kelgan shaxs o‘sha korxonani qorovuliga yalinib ishini bitirib berishini so‘rashi qanchalik bir ahmoqlik hisoblanadi. Vaholanki u qorovul tirik shaxs, ehtiyoji tushgan odam bilan boshliq oldiga kirib yalinishshga yordam berishi mumkin. shunda ham boshliq xohlasa ehtiyoji bitkaziladi xohlamasa yo‘q. Bu erda qorovul hech kim emas. Garchi boshliq qorovulni hurmat qiladigan shaxs bo‘lsa ham. Bu dunyo korxonasini boshqaruvchisi bor. Har bir ish Uning ixtiyori bilan bo‘ladi. daraxtni yaprog‘i ham Uning ixtiyorisiz qimirlamaydi. Shunday Zotga ehtiyoji bor odam o‘likdan madad so‘rashi qanday aqlga sig‘ishi mumkin?! Ehtiyoji bor odam to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqqa murojaat qilish o‘rniga hojatini ravo qilishni qorovuldan yalinishi albatta boshliqni g‘azabini keltiradi. Xuddi shuningdek Allohni qo‘yib o‘liklardan madad so‘rash Allohning ham g‘azabini keltiradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 188 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar