Pulga pul qo‘shib berish
Assalomu alaykum! Menda 20.000 talik pul bor edi. Bir bola menga ber men senga 22.000 beraman dedi. Men oldim men buni ribo ekanligini keyin bildim men unga senga 2000 beraman dedim yo‘q kerakmas senga ehson dedi. Vaholanki men hecham ehsonga muhtoj emasman, roziman olavering menga kerakmas chin dildan dedi. Bo‘masa men telefonizga 2000 tashab yuboraman dedim. Shunday qilsam bo‘ladimi? Shunga biroz tushunmayapman Keyin mening ayrim odamlardan qarzim bor ularni qaerdaligini bimayman nima qilay qanday qilib uzay
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ayni sudxo‘rlik bo‘ladi. Telefoniga tashlab yuboring. Qarzlaringizni egalarini topib berishingiz shart. Astoyidil qidirib topa olmasangiz va topishdan umidingizni uzsangiz, ularning nomidan savob umid qilmay kambag‘allarga ehson qilib yuborasiz. Keyinchalik topilib qolsa, qarzingizni berishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar