Chorva qo‘ylarni bo‘lishib olish

Assalomu alaykum! Biror odamga taxminan 10 ta qo‘y bersam u odam ularni 2 yil boqsa 2 yil o‘tib men 10 ta qo‘yni qaytarib olib, qolgan (agar 9 tasi qo‘y bittasi qo‘chqor bo‘lsa 2 yilda 18 ta bolalasa 9 tadan) ko‘paygan qo‘ylarni u odam bilan teng bo‘lishib olsak mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz 10ta qo‘yni 5tasini sizniki 5tasi uniki qilib sotib olinglar. Qo‘y boquvchi 10taning yarmi uniki ekanligini his qilsin. Bo‘lishayotgan vaqtda ham yarmi unga tegishli ekanligini his qilsin. Shunda sheriklikka ish qilgan bo‘lasizlar, foyda olishda ham pul tikib ham boqqani uchun foydani ko‘proq olishga kelishishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:53 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar