Shu joyda namoz o‘qish joizmi

Assalomu alaykum! Bazi vaziyatlarda qiynalib qolaman safarga chiqsam yoki biror joyga borganimizda namoz o‘qishga joy so‘raganimizda uy egalari shu xonaga kirib o‘qib oling deyishadi. O‘sha xonaga kirsak spirtlik ichimliklar ko‘p bo‘lgan vaziyatlar bo‘ladi. Shu vaziyatda nima qilsak bo‘ladi? Shunaqa joylarga namoz o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har xil suratlar bo‘lmasa u erda namoz o‘qish joiz. Garchi hammaga ma’lum u erda Allohga shirk keltiradigan joy bo‘lsa ham. ChERKOVDA NAMOZ O‘QISh HAQIDA وَقَالَ عُمَرُ رَضِي اللهُ عَنْهُ: إِنَّا لَا نَدْخُلُ كَنَائِسَكُمْ مِنْ أَجْلِ التَّمَاثِيلِ الَّتِي فِيهَا الصُّوَرَ. وَكَانَ ابْنُ عَبَّاسٍ يُصَلِّي فِي الْبِيعَةِ إِلَّا بِيعَةً فِيهَا تَمَاثِيلُ  Umar roziyallohu anhu: «Biz suratlaringiz sababidan cherkovlaringizga kirmaymiz», degan.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo suratlari bor cherkovdan boshqasida namoz o‘qiyverar edi. 
عَنْ عَائِشَةَ: أَنَّ أُمَّ سَلَمَةَ ذَكَرَتْ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَنِيسَةً رَأَتْهَا بِأَرْضِ الْحَبَشَةِ يُقَالُ لَهَا مَارِيَةُ، فَذَكَرَتْ لَهُ مَا رَأَتْ فِيهَا مِنَ الصُّوَرِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أُولَئِكَ قَوْمٌ إِذَا مَاتَ فِيهِمُ الْعَبْدُ الصَّالِحُ - أَوِ الرَّجُلُ الصَّالِحُ - بَنَوْا عَلَى قَبْرِهِ مَسْجِدًا، وَصَوَّرُوا فِيهِ تِلْكَ الصُّوَرَ، أُولَئِكَ شِرَارُ الْخَلْقِ عِنْدَ اللهِ  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Ummu Salama Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘zi Habashistonda ko‘rgan Moriya deb atalgan bir cherkovni gapirdi. Unda ko‘rgan suratlarini ham u zotga zikr qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ana o‘shalar – oralarida solih banda [yoki solih kishi] vafot etsa, uning qabri ustiga masjid qurgan va ichiga o‘sha suratlarni chizib olgan odamlardir. Ana shular Allohning huzurida maxluqotning eng yomonlaridir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar