Qanday qasam ichgani esdan chiqib qolsa

Assalomu alaykum! Bir gunoh ishni qilsam shuncha rakat qazo namoz o‘qiman deb vada bergan edim. Keyin necha rakatligi esimda chiqib qoldi va 100 rakat qazo namoz o‘qiyman deb vada berdim. Ming afsuslar bo‘lsinki shu gunoh ishni qilib qo‘ydim. Endi ikkilanib qoldim necha rakat namoz o‘qiyman 100 rakatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zotan qazo namozlaringizni u gunohni qilsangiz ham qilmasangiz ham o‘qib berishingiz vojib. Namozni o‘qib bering. Gunohdan ham saqlaning. Agar umumiy qazolaringiz 100 rakatdan kam bo‘lsa, qolganiga nafl o‘qib qo‘ying. 100 rakatga etkazing. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar