Uzoqda turgan imomga iqtido qilish

Assalomu alaykum! Bizani masjid namozxonasi kichkina, uzog‘i bilan 150 tacha namozxon namoz o‘qiydi, lekin ertalab bomdod namoziga masjid ichi to‘lib tashqarida ham 3 saf 4 safgacha namozxonlar bo‘ladi. Ayvonda tashqaridagilar ham eshitishligi uchun aparat uslitillarni yoqib qo‘yib o‘qiymiz. Keyin ozgina vaqtdan keyin bilsak bizani mahalla ayollari va uzoq-uzoqdagi xonadonlar ham jamoat bo‘lib bizani masjid imomiga iqtido qilib namoz o‘qiyotgan ekanlar. Karnay ovozi nihoyatda baland uzoqdagilar ham iqtido qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjiddan tashqaridagilarning iqtidosi joiz emas. chunki svet o‘chsa ularni namozlari buzilishdan boshqa chora yo‘q. Bunday holatda iqtido joiz emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:53 | Savol-javoblar | 181 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar