Muboh haqida

Assalomu alaykum! Muboh so‘zi nima degani?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muboh. Shariat tomonidan mukallaf kishiga qilish yoki qilmaslik ixtiyori teng berilgan narsa mubohdir. Emoq yoki ichmoqqa o‘xshash narsalar, haromligi yoki man qilingani haqida hukm kelmagan barcha narsalar mubohdir. Muboh narsani qilganga ham, qilmaganga ham savob ham, itob ham yo‘q. Ammo muboh narsani qilmaslik halokatga olib boradigan bo‘lsa, uni qilish vojibga aylanadi. Misol uchun, taom emaslik o‘limga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, uni eyish vojibga aylanadi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 343 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar