Xusnbuzardan qon chiqishi

Assalomu alaykum! Namoz o‘qishni boshlamoqchiman. Lekin meni o‘ylantirgan narsa shuki, badanimga husnbuzar chiqadi va ba’zida qon chiqadi. Men esa ushbu holatdan umuman bexabar bo‘laman. Faqatgina kiyimimga qon tekkanini ko‘rib bunga guvoh bo‘laman. Namoz vaqtida behosdan husnbuzardan qon chiqsa va men buni sezmasam tahoratim buziladimi? Nima qilishni bilmay qiynalyapman juda. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xusnbuzardan chiqqan qon tahoratni buzmaydi. Chunki u oqadigan darajada bo‘lmaydi. Kiyimni ham nopok qilmaydi. Mabodo oqadigan darajada ko‘p bo‘lsa keyin buziladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar