Erim noroziman deydi namozim qabulmasmi
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im juda ko‘p xollarda mendan noliydilar. Norozi bo‘lib yurishlaridan juda ko‘nglim xira tortadi, to‘g‘risi. O‘zlari deyarli har kuni ertalab erta chiqib ketib xufton vaqti keladilar. Shu sababdan uy tashvishlari, 2nafar farzandlarimizning muammolarini 80 foiz xolatdarda o‘zim xal qilishimga, kelajagi uchun o‘zim qayg‘urishimga to‘g‘ri keladi. O‘zim yaxshi ko‘rganim, oilamda tinchlik, baxt muxiti xukm surishi uchun chiroyli muomila qilishga harakat qilaman. Qolaversa, xar oy oyligimdan 2mln so‘m ro‘zg‘orga ishlating deb berib, qolganini ota-onamdan qarz olib moshina olgan edim qarzim uchun beraman. 3-5 kunda qaynona-qaynotamnikiga chiqib kechgacha xizmatlarini qilib kelaman. O‘zim 5 mahal namoz o‘qiyman. Turmush o‘rtog‘im xali namoz o‘qimaydilar. Lekin "Erini norozi qilgan ayolni namozlari qabul bo‘lmaydi, toki eri undan rozi bo‘lmaguncha" mazmunidagi xadis bor. Savolim, namozlarim qabul bo‘lmay qo‘ymayapganmikin? Yana nima qilishim mumkin, namozlarim qabul bo‘lib, erim mandan rozi bo‘lib, baxtli yashashim uchun? Bugun yo‘q joydan mani indamay dazmol qilib o‘tirsam, mandan nolib, janjal chiqarib, namozlaring qabul bo‘mayapti deb ota-onam olib bergan shkaflarni sindirib ketdilar. Qanday yo‘l tutishgayai xayron qoldim....
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda nohaqdan g‘azabnok qilsa deyilgan. Agar siz zimmangizdagi ayollik vazifalarini hammasini o‘z o‘rniga qo‘ysangizu eringiz baribir norozi bo‘lsa namozlaringizni qabul bo‘lmaydi deyilmaydi. Qolaversa eringizni o‘zi benamoz fosiq ekan. عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ثَلَاثَةٌ لَا تُجَاوِزُ صَلَاتُهُمْ آذَانَهُمُ: الْعَبْدُ الْآبِقُ حَتَّى يَرْجِعَ، وَامْرَأَةٌ بَاتَتْ وَزَوْجُهَا عَلَيْهَا سَاخِطٌ، وَإِمَامُ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch kishining namozlari quloqlaridan yuqori ko‘tarilmaydi: xojasidan qochgan qul, toki qaytib kelmagunicha, erini (nohaq) g‘azabnok qilgan xotin va qavmi yomon ko‘rgan imom», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 151 | Namoz