Yaratish so‘zini insonga nisbatan ishlatsa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Yaratish so‘zini ishlatish joizmi insonga yoki inson ishlatsa shirk bo‘lmaydimi? Masalan bir yangi texnika o‘ylab topdida va men buni yaratdim desa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’on karimda Iyso alayhissalomga nisbatan وَرَسُولاً إِلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَنِّي قَدْ جِئْتُكُم بِآيَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ أَنِّي أَخْلُقُ لَكُم مِّنَ الطِّينِ كَهَيْئَةِ الطَّيْرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًا بِإِذْنِ اللّهِ وَأُبْرِىءُ الأكْمَهَ والأَبْرَصَ وَأُحْيِي الْمَوْتَى بِإِذْنِ اللّهِ وَأُنَبِّئُكُم بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِي بُيُوتِكُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ 49. Va Banu Isroilga rasul qiladikim, (u der): «Albatta, men sizga Robbingizdan mo‘’jiza keltirdim. Albatta, men sizga loydan qush shakliga o‘xshash narsa yasab, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo‘ladi. Allohning izni bilan tug‘ma ko‘r va peslarni tuzataman va o‘likni tiriltiraman. Sizlarga uylaringizda nimani emoqdasiz-u, nimani saqlayapsiz – xabarini beraman. Agar mo‘min bo‘lsangiz, albatta, bunda siz uchun oyat (belgi) bordir. (Oli Imron surasi).
Lafzini ishlatgan. Ya’ni “loydan yaratadi” degan. Aslida insonlar holatiga qaraladi. Ular noto‘g‘ri fikrga borishadigan bo‘lsa bu so‘zni ishlatmagan yaxshi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar