Nikoh o‘qish talablari

Assalomu alaykum! Yaqin orada oila qurish arafasidamiz. Bu savolni berishga biroz qiynaldim, shunday bo‘lsada berishga qaror qildim. Savolim shuki, nikohni qanday holatlarda o‘qish mumkin emas? Ayol kishida uzrli holatlar bo‘lganida o‘qish mumkinmi? Bunday holatlarda tahorat o‘tadimi? Agar mumkin bo‘lmasa bir necha kun oldin o‘qish ham joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohni o‘qitish vaqtida ayol pok bo‘lishi shart qilinmagan, lekin pok holida o‘qitsa yaxshi, to‘ydan oldin kattalarni xabardor qilib o‘qitsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar