Mushkul paytda o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Odamga qiyinchilik kelganda bir duo bor ekan. Uni kitobimiz Qur’oni karimdagi suralar bilan birga qo‘shib 70 marta o‘qilar ekan. Bismillahir Rohmanir Rohiym ni 7marta. Fotixa surasi 7 marta. Taborak surasi 11marta. Sulton dilam beg‘am kunam. Sulton dilam xurram kunam. Sulton bidonam xoliman. Sulton barorat koriman. dousini 70 marta. Ixlos surasi 3marta, Nas surasi 3marta. Falaq surasi 3 marta o‘qilar ekan. Shu asosda suralarni va tepadagi douni o‘qish qanchalik to‘g‘ri? O‘zi dinimizda bunday duo bormi? Shunday qilib duo qilsa bo‘ladimi? Iltimos Shu haqida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday duo haqida bilmaymiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim bergan duolarni o‘qing. Vallohu a’lam! Duolar quyidagi ilnkda berilgan: https://islom.uz/maqola/1205 

10 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 224 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar