To‘xtovsiz maziy kelishi

Assalomu alaykum! Men har namozda sajda yoki ruku qilganimda hirsimdan yo maziy yo vadiy oqib kelayotganini his qilaman, bazadi gumonim paydo bo‘ladi tahoratim sinmadimi deb, keyin ochib qaraganimda asta oqib keladi va har safar yana tahorat qilishga majbur bo‘laman. Shu xolat juda ko‘p bo‘ladi hattoki tahorat qilib bo‘ldim deganda oqib kelayotgan gumon paydo bo‘ladi,ba’zida bir kunda 6-7 marta gacha yoki undanam ko‘p marotaba tahorat olishga to‘g‘ri keladi, endi shu xolatda men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Har oqib chiqqandan keyin yana tahorat qilishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezroq mutaxassis shifokor topib davolaning. Tahoratdan oldin teshigiga paxta tiqib olsangiz modomiki suyuqlik paxtadan tashqariga chiqmagunicha tahoratingiz ketmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 200 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar