Birovning wi-fi ni bildirmasdan ishlatish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda birovning wi-fi tarmoqlariga egasining ruxsatisiz o‘zidan izn so‘ramay wi-fi tarmog‘ini buzib ya’ni yashirincha kodini bilib olib ishlatib yurish avjiga chiqdi. Eshitishimcha wi-fi buzuvchi ilovalar xam chiqipti. Men bu narsani qoralayman. Bu birovning xaqqini eyishga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ochiq-oydin o‘g‘irlik hisoblanadi. O‘g‘irlik haqida kishilaring tushunchalari juda sayoz. Faqat moddiy predmetlarni o‘g‘irlashsa o‘g‘irlik bo‘ladi deb o‘ylashadi. Aslida predmetlar bilan birga huquqlarni o‘g‘irlash ham o‘g‘irlikka kiradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar