Masjid qiblasi
Assalomu alaykum! Bizning shaharchaning masjidi qurilish paytida qiblasi noto‘g‘ri qilib olingan. Islom.uz ilovasidagi qibla bilan tekshirganimda qibladan 50 gradus farq qilyapti. Masjid imomi bilan gaplashib ko‘rdim vaziyatni tushuntirdim. Masjid imomini aytishicha hozirgi bizning holatimiz mazhabimiz bo‘yicha shunday o‘qishni taqozo etadi, chunki biz hozir masjidni qaytib qurolmaymiz mablag‘ yo‘q deb ayttilar. Ham odamlarni orasida ixtilof bo‘lishi mumkin shuncha o‘qigan namozlarimiz nima bo‘ladi endi qibla noto‘g‘ri bo‘lsa deb. Qibla noto‘g‘riligini bilgach jamoatga chiqmay qo‘ydim uyda o‘qiyman hamma namozlarimni. Qolgan birodarlarimizni namozlaridan xavfdaman. Qibla noto‘g‘ri bo‘lgan masjidda o‘qigan namozlari nima bo‘ladi deb. Shu holatta jamoatga chiqaverishimiz kerakmi yoki uyda o‘qiylikmi? Shu holatta qibla qiyshiq holatida namoz o‘qishimiz uchun qanaqadir uzrli holat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Elektron ilovalar ham farq bilan ko‘rsatadi. Qiblani aniq tekshirishni biladigan mutaxassis bilan tekshirtiringlar, agar 45 gradus va undan ko‘proq farq qilsa, namoz durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 220 | Ibodatlar