Idda o‘tirishim haqida

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan urishib qoldik. Uyinga (ota onamni uyiga) ket deb turib oldi. Ketmiman aybim nima desam seni ko‘rishni xoxlamiman, yashamiman dedi. Men ketmiman dedim. Meni uyim shu desam ketasan deb turib oldi. Urush janjal bo‘ldi erim taloq qildim seni xali deb aytdi. Keyin xaromsan endi menga dedi. 2 marta nikoh o‘qitgandik. Bu 3-taloqqa kirsa bizga endi yo‘l yo‘qmi? Taloq qilganidan keyin mendan rozi bo‘ling yaxshilik bilan ajrashaylik desam sendan rozi emasman 2 dunyoda xam dedi. Keyin men xafa bo‘lib qo‘rqib ketdim. Uydan chiqib ketdim, lekin eshikdan chiqib uncha uzoqqa bormadim. Maqsadim yarashish yoki roziman dedirish edi, chiqib ketsam qaytarib olib kelishini bilardim. Qaytarib olib keldi. Rozimisiz desam roziman dedi lekin taloq tushib bo‘ldiyu rozi yoki rozimasligim o‘tmaydi dedi. Rostdan xam shunaqami? O‘zi arzimagan narsadan taloqni aytgandi. Shunga idda xaqida so‘ramoqchi edim. O‘sha vaqtda to‘g‘risi iddi xayolimga kelmadi bo‘lmasam uydan chiqmasdim. Undan keyin uyingdagilarni chaqir olib ketsin deb aytgandi men chaqirmadim, o‘zi chaqirdi. Keyin kelib meni olib ketishdi. O‘sha vaqtda iddani boshlashim kerakmidi? Ketmasligimga yo‘l qo‘ymadida. Xozir ota uyimdaman lekin o‘shandan buyon xali ostona xatlab chiqmadim. Iddani davom ettirsam bo‘ladimi yoki endi kechmi? Agar davom ettirsam qancha muddat bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu oralaringizga uchinchi bor taloq tushgani bo‘ladi. Taloq qilgan kunidan boshlab, iddani uch hayz tugagunicha davom ettiravering. Qaytib eringizga halol bo‘lolmaysiz. Boshqa turmush qurishni taraddudini qilavering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 163 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar