Sut tomgan kiyimda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Emizikli onalar farzandini emizgan paytda tahorati sinmasligini bilib oldim. Shu masalada yana bir savolim bor edi. Onalar sut tomgan kiyimda (ona suti) namoz o‘qishi joizmi? Bir erda sut to‘kilgan kiyimni suv bilan yuvib keyin namoz o‘qiladi deb o‘qigandim. Lekin u hayvon suti haqida edi. Namoz o‘qigan payt iloji boricha boshqa kiyimda o‘qishga harakat qilaman. Lekin har doim ham bunga amal qilolmay qolaman. Farzandimni emizgan paytda sut tomgan kiyimda namoz o‘qisam namozim botil bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ona suti najas emas, shunga botil bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar