Maziy chiqqandagi hukm
Assalomu alaykum! Bir kuni telegramda 10563-savolni o‘qib qoldim. Menda ham deyarli shunday holat ko‘p kuzatiladi. Nomahramlar bilan ko‘p aloqa qilmaganim uchunmi bilmayman. Ba’zida qizlar bilan (o‘qishda dars, ishda ish yuzasidan) gaplashib qolsam yoki ko‘proq ochiq kiyinganlarni ko‘rib qolsam, Toshkent shahar metrosida odam tiqilinch vaqtlari ba’zida nomahramlar bilan yaqin bo‘lib qolsam ham shahvatim uyg‘onadi. Yoshim 21 da. Shunday holatlardan keyin ba’zida siydikdan keyin ba’zida undan avval maziy keladi (aniq maniy emas, ishonchim komil). Shunday vaziyatlarda yaxshilab istinjo qilib maziy tekkan joylarni (tanadagini ham, ich kiyimdagini ham izi va hidi ketguncha yaxshilab) yuvib tahorat olaman. O‘qishda o‘qiyman, ishga boraman. Uydan chiqib uyga kechqurun 12 larda kelaman. Aytmoqchi bo‘lganim kun davomida namozlarni masjidlar va ish joyidagi namozxonada o‘qiyman. Shunday usulda tahorat olib yurishim joizmi? 5 vaqt namoz o‘qiyman. Agar bu holatda g‘usl vojib bo‘lsa kun davomida uydan boshqa joyda g‘usl qilolmayman. Namozlarni qazo qilib uyga kelganda g‘usl qilib o‘qishga to‘g‘ri keladi. Ba’zida bunday holatda uydaligimda g‘usl qilardim. O‘tgan haftada bu narsa ketma-ket 3-4 marta (ketma-ket 3-4 kun) bo‘lgani uchun sog‘ligimda sezilarli o‘zgarish bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqqan narsa maziy bo‘lsa siz qilgan ish to‘g‘ri. Maniy chiqsa g‘usl qilish vojib. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqqan narsa maziy bo‘lsa siz qilgan ish to‘g‘ri. Maniy chiqsa g‘usl qilish vojib. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar