Taxoratni boshidan qilinadimi
Assalomu alaykum! Taxorat olayotgan paytda taxoratni buzadigan amallar bo‘lsa(masalan tish milki qonasa) boshidan taxorat olish kerakmi yoki o‘sha azondan boshlab yuvinish kerakmi?2. Men bir joydan ( aniq bilmayman) erkak kishi bomdod nomozni iloji boricha kechroq o‘qish kerak deb o‘qib qoldim,shu rostmi? Shu haqda ma’lumot bersangiz.3 Meni bir kichkina singlim bor . U nomoz o‘qiyotgan paytimda men yonimga kelib menga o‘xshab nomozning bazi xarakatlarini qiladi. Va bazan oldimdan o‘tib ketadi. Bu payitda nomozim buzulmaydimi? (Xali gaplarimga yaxshi tushunmaydi)4 Nomoz o‘qiyotgan paytimda xayolim bazan boshqa narsalarga chalg‘ib ketadi shuni yo‘qotish uchun nima qilishim kerak?5 Nomozning xar bir rakatini juda past ovozda ovoz chiqarib o‘qisam bo‘ladimi( chunki bazan chalg‘ib qolaman)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Masalan tahorat olmoqchi bo‘lgan odam avval qo‘lini yuvadi. Shu bilan uning qo‘li tahoratli bo‘ladi. Keyin og‘zini chayqaydi, shu bilan og‘zi tahoratli bo‘ldi. Burniga suv oladi, burni tahoratli bo‘ladi. So‘ng yuzini yuvadi, yuzi tahoratli bo‘ladi. Shariatimizda qon chiqishi tahoratni ketkazadi. Shuning uchun qon chiqishi bilan uni yuqorida yuvib tahoratli joylarini tahorati sinadi va boshidan boshlashi kerak bo‘ladi.2). Erkak kishi imkon boricha jamoat bilan o‘qishi kerak. Qolgani e’tiborli emas.3). Buzilmaydi.4). Internet kabi narsalardan uzoqroq bo‘lishi kerak. 5). O‘zi eshitadigan darajada pichirlab o‘qish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar