Dilerlik

Assalomu alaykum! Masalan menda yaxshi joylashuvli o‘z do‘konim bor. Mahsulot ishlab chiqaruvchi inson mening oldimga kelib shu joyda men namuna qilib o‘z mahsulotnimni qo‘yaman savdoni o‘zingiz qilasiz degan ma’noda taklif bersa men taklifni qanday asosda qabul qilsam bo‘ladi. O‘qiganlarim bo‘yicha, shariatda o‘z mulki bo‘lmagan molni foyda ko‘rish uchun sotib bo‘lmaydi, men shunda sotilgan mahsulotdan ma’lum bir foizni o‘zimga olishni ishlab chiqaruvchi bilan kelishib olsam, shu ishim joiz bo‘ladimi va buning hukmi qanday(makruh emasmi)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ishlab chiqaruvchi tomonidan haq evaziga sotib berishga vakil bo‘lishingiz mumkin. albatta bu o‘rinda o‘z xizmat haqingizni tayin qilib olishingiz kerak bo‘ladi. Bu holatda ishlab chiqaruvchining moli sizni uyingizda turishi shart emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar