Kasal(qiz)ni sochini kesish
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar mening do‘stim 3 yildan buyon boshida o‘simtasi bor saraton kasalligi bilan olishmoqda bechora zo‘rg‘a sabr qilib Allohim bergan dardingga shukur deydi. Dard uni eb tugatmoqda xammamiz duo qilamiz Allohim shifo bergin deb. Doxtirlar umid yo‘q deyapti, boshi og‘rimasligi og‘ir bo‘lmasligi ko‘p qiynalmasligi uchun sochini kesish kerak deyapti, lekin rozi bo‘lmayapti. Xozir do‘stim hijobda, 5 vaqt namoz o‘qiydi, qoldirmaydi aslo. Xatto og‘riq kuchli voxti chidolmaydigan darajada bo‘lsa xam qoldirmayman deb o‘qiydi. Ayting sochini kessa yoki juda past qilib oldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zining xohshiga qo‘yib bering. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu ettita hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar