Tovuqni so‘yishdagi nozik masalalar
Assalomu aleykum! Men tovuq fabrikasida ishlayman, u erda 40 kunlik jo‘jalar so‘yiladi. So‘yilish jarayoni; Tirik jo‘jani oyog‘idan ilgakka ilinadi. Shu jarayonda “Bismillah Allohu akbar” zikr qilinadi. Ilgaklar avtomatik harakatlanib elektrapilaga jo‘jalarni olib boradi va avtomatik so‘yiladi. Qoni oqqandan so‘ng 80-90 daraja issiq suvga kiritiladi patlarini tozalash uchun. Undan so‘nggina ichak-chavoqlardan tozalanadi. Savolim shu jo‘jalarni eyish harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir jo‘jani bo‘ynidagi ovqat yo‘li, havo yo‘li va ikki katta qon tomirlar uchta yo‘g‘on tomiri musulmon qassob tarafidan “Bismilloh Allohu akbar” deb so‘yilmasa halol bo‘lmaydi. Ixtiyoriy holatdagi so‘yishda kesilishi lozim bo‘lgan tomirlar to‘rttadir:
Halqum ya’ni nafas yuradigan kekirdak, qizil o‘ngach va ikkita qon tomir. Ushbu to‘rt tomirdan qaysi uchtasini bo‘lsada, hayvonning tirikligida kesilsa, halol bo‘ladi. Bu Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning qarashlaridir. Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh esa, halqum, qizil o‘ngach va ikkita qon tomirning birini kesilishini shart qilganlar. Chunki qon tomirni kesishdan maqsad qonni oqizish hisoblanadi. Qon oqizish esa, ikki qon tomirning birini kesish bilan hosil bo‘ladi. Ikkalasidan qaysi biri kesilsa ham durust bo‘laveradi. Imom Muhammad rahmatullohi alayh esa ushbu kesilishi lozim bo‘lgan to‘rt tomirdan har birining ko‘prog‘i kesilsa, halol bo‘ladi deganlar. Agar ko‘prog‘i kesilmasa halol bo‘lmaydi deydilar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar