Mushuk zarar bersa

Assalomu alaykum! Meni ishxonadagi sherigim inkubatorda jo‘ja ochib sotish bilan shug‘ullanadi. Uyiga mushuklar kelib xar kuni unlab vaqti kelsa undan ko‘p jo‘jalarni eb ketyaptikan. Shu kungacha ko‘p mushuklarni ushlab o‘ldirgisi kelmay boshqa joylarga tashlab kelgan baribir yana boshqa mushuklar kelib jo‘jalarni eb ketishmoqda. Xar kuni o‘nlab mushuklarni xaydaydi baribir kechasi kelib jo‘jalarni eb ketyapti.Xovli devorida ko‘pgina mushuklar poylab yotarkan kechqurun jo‘jalarga xujumga o‘tarkan. Boshqa iloji qolmayapti, mushuklarni o‘ldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida shariatda zarar etkazadigan hayvonlarni o‘ldirsa bo‘ladi. Lekin bu o‘sha hamma ehtiyotini qilgandan keyin ham zarar etkazadigan hayvonga tegishli. Sherigingiz mushuk kira olmaydigan sharoit qilsin. Jo‘jalari turadigan joyni puxta qilib himoyalasin. Chunki hamma mushuklarni baribir o‘ldirib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar