Savdogarlik olib sotish

Assalomu alaykum! Men bozorda bir savdogar qo‘lida savdo qilaman, erkaklar kiyimlarini sotaman. Menga oylik berilmaydi daromadim shunday. Savdogar ustam Qo‘qon bozoridan 50minglik tovar olib keladi va menga narx belgilab beradi. Misol uchun 60ming qilib belgilab beradi. O‘z foydasini belgilab beradi. Men ustam foydasini o‘rniga qo‘yib ustiga o‘z foydamni xam qo‘shaman. Misol uchun 60ming ustam belgilagan narx men tovarni 70ming sotaman o‘z foydamni qo‘shib. Savdogar ustam o‘zi shunday belgilab bergan. Savdogar ustam menga oylik yoki kunlik ish xaqqi pul bermaydi. Shu yul bilan daromad qilyabman (5-oydan beri). Savdogar bilan shunday kelishganmiz, qilayotgan ishim xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endigi safar buni 70.000ga sot, 60.000 menga 10.000 senga xizmat haqi. Ortig‘iga sotsang unisi ham senga – deb kelishsangiz shariatga muvofiq kelishgan bo‘lasiz. Shunchadan beri topganingizni harom deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 197 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar