Oxirat xaqida

Assalomu alaykum! Agar oxirat, o‘limdan keyingi xayotga ishonmasa buni javobi qanday? Bunday insonga jazo bo‘ladimi? Ishonay deymanu lekin ichimda nimadir meni qaytaruradi, xuddiki ichimda ikkita inson yashedigande, biri etiqodli biri juda yomon. Astag‘furilloh kundan kunga ishonchimdan istamasam xam ayrilib ketayotgandekman, alxamdulillax besh vaqt namoz o‘qiyman, ammo kuchim etmayapti, bu qilmishimni ajridan qo‘rqyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni iymonsiz deyiladi. Chunki iymon deb Allohga, farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, qiyomat kuniga yaxshilik va yomonlik Allohning taqdiridan deb bilishga va qiyomat kuni qayta tirilishga ishonishdan iboratdir. Bulardan birortasiga iymon keltirmasa unday insonni mo‘min deb aytilmaydi. Mana shu qo‘rqishni o‘zi iymon deyiladi. To‘g‘ri, insonning ichida ikki xil hissiyot bor. Qaysi tomonga ko‘proq yaqin yursangiz o‘sha hissiyot kuchayaveradi.
Insonda ikki unsur bor. Biri fisqi-fujur qiladigan unsur, ikkinchisi taqvoga boshlaydigan unsur. Inson fisqi-fujurga yaqinlashsa yoki u haqida o‘ylasa fisqi-fujurga olib boradigan o‘sha unsur ishqalanadi, harakatga keladi va ma’siyat sodir bo‘lishigacha olib boradi. Taqvoli insonlarga, pandu-nasihatlarga yaqinlashsa taqvo unsuri ishqalanadi, harakatga keladi va sohibini ham o‘sha ishlarni qilishga undaydi. Shuning uchun Alloh taolo Qur’oni karimda “Sodiqlar bilan birga bo‘linglar, ularni safida bo‘linglar” deb buyurgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar