Zinokor inson bilan yashash

Assalomu alaykum! Rossiya mamlakatida musofirlikda yashayman. Ba’zida ishxonada va boshqa joylarda musulmon man deb harom ishlarni: zino, aroqxo‘r, qimorboz va boshqa gunoxi kabiralarni qilib yurgan yana uyalmay boshqalarga shu ishi orqali maqtanadigan insonlar bilan ishlashga bir xonada birga yashashga to‘g‘ri kelib qoladi shunday paytlarda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohi kabiralarga takror-takror qo‘l uruvchi kishilar bilan ishlash yoki bir xonada yashashga to‘g‘ri kelib qolsa, kishining zimmasidagi burchi o‘ziga zarar etishidan qo‘rmaydigan holda ularga doimiy nasihat qilib turishidir. Shoyad ularning hidoyat topishlariga sababchi bo‘lib qolsa. Bu bilan ulkan ajrga ega bo‘ladi. Ammo bunga qurbi etmasa va ularning yo‘liga, yomonligiga tushib qolishdan qo‘rqsa alohida bo‘lgani afzal. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar