Ushbu hadislar saxixmi

Assalomu alaykum! Qabr ziyorati paytida bajariladigan amal 1. Qabr boshida “Yosin” surasini o‘qish. Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ota-onasi yoki ulardan birining qabrini har juma kuni ziyorat qilib, “Yosin” surasini tilovat qilib, uning savobini ularga bag‘ishlasa, suradagi har bir so‘z va harf adadicha Alloh taolo ularning gunohlarini mag‘firat qiladi”, dedilar (Imom Daylamiy rivoyati). Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘liklaringizga “Yosin” surasini tilovat qiling”, deganlar. (Imom Abu Dovud rivoyati) 2. Ixlos surasini o‘qish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qabristonga kirib, “Qul huvallohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qib, savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklar adadicha savob beriladi”, deganlar. (Imom Doraqutniy rivoyati) Ushbu xadislar saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih darajasida emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 180 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar