Tijorat va xunar

Assalomu alaykum! Men ustaman. Mijozga tovar sotib olib o‘rnataman. Bunda tovarni o‘z pulimga sotib olib ustiga ozgina narx qo‘yaman. Ya’ni xam ustachilik xam tijorat. Ba’zan mijozlarga birinchi xisoblab aytaman, agar rozi bo‘lsangiz keltirib o‘rnataman desam, biz sizga ishonamiz deyishadi. Savolim shundan iboratki, men o‘sha foyda maqsadida tovarni ustiga qo‘ygan narxim uchun mijozni biz sizga ishonamiz degan ishonchini suistemol qilgan bo‘lamanmi? Ya’ni yolg‘on gapirgan bo‘lamanmi? Tovarni o‘z pulimga sotib olaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ochiq-oydin buni sotib olib, eltib o‘rnatib berishlari bilan falonchaga tushadi deb hammasini ayting. Rozi bo‘lishsa qilishingiz joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar