Begona erkaklarni ko‘zi tushsa gunoh bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Ancha yillar oldin bir tanishimdan shu manoda gap eshitgandim. Unga ko‘ra, xijob farz bo‘lgan lekin xijobsiz yurgan ayol yoki qizga bir nomaxram erkak qaraganda uning ko‘zi tushgan xar bir tola sochi uchun o‘sha ayol yoki qizga gunox yoziladimi? Shu manoda xadis yoki rivoyat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta gunoh yozilada.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صِنْفَانِ مِنْ أَهْلِ النَّارِ لَمْ أَرَهُمَا: قَوْمٌ مَعَهُمْ سِيَاطٌ كَأَذْنَابِ الْبَقَرِ يَضْرِبُونَ بِهَا النَّاسَ، وَنِسَاءٌ كَاسِيَاتٌ عَارِيَاتٌ مُمِيلَاتٌ مَائِلَاتٌ رُءُوسُهُنَّ كَأَسْنِمَةِ الْبُخْتِ الْمَائِلَةِ، لَا يَدْخُلْنَ الْجَنَّةَ وَلَا يَجِدْنَ رِيحَهَا، وَإِنَّ رِيحَهَا لَيُوجَدُ مِنْ مَسِيرَةِ كَذَا وَكَذَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ahli do‘zaxdan ikki toifasini ko‘rmadim: Bir qavmiki, qo‘llarida sigirning dumiga o‘xshash qamchilari boru ular ila odamlarni ururlar. Bir ayollariki, ular kiyimli yalang‘ochlar, yo‘ldan ozdiruvchilar, yo‘ldan ozuvchilar. Boshlari xuddi tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi. Ular jannatga kirmaslar va uning hidini ham topmaslar. Albatta, uning hidi buncha va buncha masofadan kelib turur», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam do‘zax ahlining ikki toifasini va ularning nima uchun shunday baxtsizlikka duchor bo‘lganlarini bayon qilmoqdalar.
O‘zlari kiyim kiyib yuradilar-u, aslida yalang‘ochdan farqi yo‘q. Kiyimi kaltaligidan ko‘kraklari, bilaklari, ba’zida oyoqlari yo‘g‘on sonlarigacha ochilib turadi. Shuningdek, kiyimi yupqaligidan kiyim deb atalgan narsaning ostidagi jamiki narsa boshqalarga ko‘rinib turadi. Ular bu qilmishlari ila, ana shunday ishlari bilan boshqa ayollarni ham yo‘ldan ozdiradilar. Ayniqsa, yosh qizlarni o‘zlariga ergashtirib, yo‘ldan ozdiradilar.
Shuningdek, ko‘cha-ko‘yda, jamoatchilik joylarida mazkur sharmandali holatda yurib, erkaklarni ham yo‘ldan ozdiradilar. Shilqimlikka, zinoga chorlaydilar. Yo‘ldan ozmagan bo‘lsalar, kiyimli yalang‘och bo‘lib ko‘cha-ko‘yda tentirab yurarmidilar?!  ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 169 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar