Mualliflik huquqi bo‘yicha

Assalomu alaykum! Menda mualliflik huquqi bo‘yicha bir nechta savollar paydo bo‘ldi. O‘quv markazida dars beraman nashriyot ruxsat bermagan kitob tarqatilgan ekan. E’tibor bermasdan 6 dars Men shu kitobdan vazifa berdim va tekshirishga 10 daqiqa atrofida vaqt ketardi qolgan vaqtni og‘zaki hech qanday kitobdan foydalanmay mavzu tushuntiraman. Oladigan oylik men uchun halolmi bundan buyog‘iga og‘zaki bilimdan foydalanib dars o‘tmoqchiman. 2) uyda ham o‘quvchi o‘qitaman va bilmasdan ruxsat berilmagan nusxadan dars o‘tib pul olgan edim 25 yoki 30ming va buni halol deb o‘ylab ishlatgandim. Bu pullardan qutulish uchun o‘shancha pul miqdorida savob umid qilmay sadaqa qilishim kerakmi? 3) universitetda ba’zi shunday kitoblardan ruxsatsiz nusxa ko‘chirilib bizga tarqatiladi dars sifatida. Agar dars qilmasak 0 baho olib qayta topshirishga to‘g‘ri keladi bunday hollarda qanday yo‘l tutay. Ko‘p savol berganim uchun uzr so‘rayman. Menimcha bu ko‘pchilik uchun muhim bo‘lsa kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz ham siz bilganchalikni bilamiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar