Badal haj

Assalomu alaykum! Men xozirda Rossiyada ishlayman, olamdan o‘tib ketgan otam uchun badal xaj qildirish niyatim bor. Otam Qirg‘iziston Respublikasi, (xozirda Djalal-Obod viloyati) Bozor-Qo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan va shu erda dafn qilingalar. Badal hajni Rossiyadan amalga oshirish mumkinmi? Haj safari bilan bo‘lgan xarajatldarni to‘lash yoki albatta otam tug‘ilgan va dafn qilingan yurtdan amalga oshirilishi lozimmi?  Javob uchun oldindan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Marhumning hajji badali qaerdan ado etiladi?Zimmasiga haj farz bo‘lgan kishiga uni (hajni) ado etishidan oldin o‘lim kelib qoldi. U o‘limi oldidan merosxo‘rlariga hajji badal qildirishlari haqida vasiyat qildi. Agar marhumdan qolgan tarika(meros)ning uchdan bir qismi uning vatanidan haj qilishga odam jo‘natish uchun etsa, u holda o‘sha er(marhumning vatani)dan badal hajini qildirish lozim bo‘ladi. Boshqa joydan jo‘natish joiz emas ("Raddul muhtor"). Bu marhum vasiyat qilganida uning molidan hajji badalga sarflashdadir. Ular mana shu shartlarni mulohaza qilishlari zarur. Agar marhum hajji badal qilidirishni vasiyat qilmasidan merosxo‘rlar o‘z ixtiyorlari va o‘z mollaridan hajji badal qildirmoqchi bo‘lishsa, marhumning vatanidan hajji badal qildirish afzal. Boshqa yurtdan turib qildirsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar