Hadisi qudsiy

Assalomu alaykum! Ey bandalarim sizlar kechayu kunduz xato qilasizlar degan mazmundagi hadisi qudsiyni eshitdim. Haqiqatan shunday hadisi qudsiy bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘liqroq eshitingda. O‘sha eshitgan odamingizdan yana so‘rab oling. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كُلُّ بَنِي آدَمَ خَطَّاءٌ وَخَيْرُ الْخَطَّائِينَ التَّوَّابُونَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Barcha odam bolasi xatokorlardir. Xatokorlarning yaxshisi sertavbalardir», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokimlar sahih sanad ila rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar